Title

 

To begin a personal relationship with Jesus Christ by praying the prayer of salvation, click here.

Home
About the Faith
Prayer of Salvation
Prayer Requests
Issues of Life
About the Site

Site Map
Search the Bible

Jesus Saves » Imon Xaqida » Muqaddas Kitob (Bibliya)


" 0` z ayoliga muhabbat qo ` ygan erkak, uning maktublarini va sur'atlarini h am sevadi, chunki bu narsalar unga o ` zining sevgilisini eslatadi, shunga o ` xshab agar biz Hazrat Iso Masihga ixlos qo ` ysak unda biz Injilni h am sevamiz, zero bu Uning bizga qaratilgan kalomidir "
-Jon R. U. Skot

Injil kitobi oddiy kitob emas. U kitoblarning kitobi. Muqaddas kitob Xudovandning kalomidir va shuning uchun U hayotbaxshdir. Injil bizga yo`llangan Xudovandning muhabbat maktubidir. Bu Xudovandning biz bilan muloqot qilish uchun maxsus yo`lidir. Biz Injilni mutola qilganimizda Ruhimizga kuch keladi.

Injil dunyoda eng ko`p sotiladigan kitobdir. Bu kitob hayotimizning xar bir qirrasiga aloqasi bordir. Kitob hayotdan olingan sarguzasht, sevgi va sotqinlik kabi hikoyalarga ega. Bu kitobda buzuqlik, zo`ravonlik, qotillik, bo`hton, ichkilikbozlik va xasad kabi gunohlar haqqona tasvirlangan. Hikoyalardagi ba’zi insonlar yolg`izlikdan, tushunmovchilikdan va oila-turmush muammolaridan azob chekishadi. Injil odamlar haqida va odamlar uchundir. Unda ashulalar, she’rlar, dialoglar, matallar, vahiylar va tarixiy voqe'liklar bor.

Ilhom

Muqaddas kitob Xudo kalomidir va Xudovand insonlarni buni yozishga ilhomlantirgan. Injil 1800 yil avval yahudiy va grek tillarida yozilgan. Muqaddas Kitob [Eski va Yangi Ahd] o`zida 66 ta kitobni mujassamlashtiradi, bularda dunyoning boshlanishi va bizning oxiratimiz tasvirlangan. Bu Muqaddas kitob bizning o`tmish va kelajagimizni bilish uchun eng yahshi axborot beruvchi kitobdir. Bu o`z-o`zini talqin qiluvchi kitob hisoblanadi va unda hozirda va kelajakdagi insoniyat fan-ilmi va muhtojliklariga tegishli hamma narsa berilgandir.

Ko`p Masihiylar Muqaddas Kitobni hokimiyatga ega rasmiy Olloyi Taoloning kalomiday qabul qilishadi shunday ekan ular hozir va kelajakda qanday yashash kerakligi haqida hayotga yo`nalishni shu kitobdan qidirishadi. Bu kitob Xudovandning donoligini, najot yo`lini, quvonch va tinchlikni bizga oshkor etadi.

Tarjimalar

Oxirgi yillar davomida Muqaddas Kitobni o`qish va tushunish uchun qator Muqaddas kitob tarjimalari chop etildi. Ulardan ko`pi bevosita Grek va Yahudiy tillaridan tarjima qilingan.

Injil yoki Muqaddas Kitob hozirga qadar eng ko`p sotiladigan kitob bo`lib kelmoqda: millionlab kishilar bu kitobni mutolaa qilishadi va kuniga undan hayotlari uchun yo`nalishlar olishadi. Hayot davomida kelib chiqadigan jiddiy savollarga javob Muqaddas Kitobdan topilishi mumkin.

Masih, Taolo O`g`lining ta'limotlari, Injilning ilk to`rtta kitobida bayon qilingan: Matto, Mark, Luqmoni Hakim, Yuhanno. Bu kitoblar Iso Masihning hayotini har tomonlama tasvirlaydi. Muqaddas kitobni ilk bor o`qishni Yuhanno kitobidan boshlash afzal deb tavsiya qilamiz. Hazrati Iso ko`pchilik xalqni oddiy odamga tushunarli matallar bilan o`qita boshladi. Hazrati Iso Masih odamlarga Xudovandning shon-shuhratini namoyon qilish uchun va U Xudovanddan yuborilganligini xalqqa ishontirish uchun ko`p mo'jizalarni ko`rsatdi.

Yangi Ahd (Injil) asosan Hazrat Iso Masihning hayotini bayon qiladi. Eski Ahd kitobi dunyo bunyod bo`lishidan tortib, to Masihning tavaludidan taxminan 400 yil avval vaqt orasida bo`lib o`tgan voqealarni yoritadi. Non qanday sizning tanangizga oziqa bo`lsa, muqaddas yozuvlarni kunda mutolaa qilib turish ham sizning ruhingizga shunday zarur ozuqadir. Bu Muqaddas yozuvlar sizning hayotingizning bir qismi bo`lib qolar ekan, va Masihning ta'limotlarida yurar ekansiz siz ruhiy hotirjamlik va haqiqiy quvonchga ega bo`lasiz.

 

This is a free site... no registration... nothing to buy or sell... no obligation... Jesus paid the price... God is Love.

For God so loved the world that He gave His only begotten Son that whosoever believeth upon Him should not perish but have everlasting life. -John 3:16

 

Empowered by Winters Technoloyg Group