|
Ibodat bu Taolo bilan suhbatdir
Siz ibodat qilganingizda Xudovand doimo eshitadi. Ibodatda siz yaxshi do`stingingiz bilan qanday bevosita suhbatlashsangiz, Xudovand bilan ham shunday suhbatlashasiz. Siz maxsus so`zlar ishlatishingizning hojati yoq. Xudovand sizni tushunadi, siz va sizning hissiyotlaringiz haqida, sizning kundalik hayotingingizda bo`layotgan narsalar haqida g`amxo`rlik qiladi. Taologa, xatto, sizning boshingizda qancha sochingiz borligi yoki yo`qligi ham ma'lum; Xudovand yerga tushadigan har qanday chumchuqni bilar ekan, sizlar qanchalik Unga azizsiz?
Xudoivand sizni sevadi va siz bilan hamsuhbat bo`lmoqchi. U sizning ibodatlaringizni eshitadi.Xudovand hayotingizning mayda detallarigacha qiziqadi. Xudovand siz haqingizda hamma narsani bilsa ham, sizning U zot bilan o`zingizning hissiyotlaringiz, o`ylaringiz va muammolaringiz bilan sheriklashishing. U zotga katta rohat (quvontiradi) keltiradi. U nafaqat sizni eshitishni, balki siz Uni eshitishingizni ham xohlaydi.
Iso o`zining shogirdlariga qanday ibodat qilishni o`rgatdi. Quyidagi ibodatni Iso ularga o`rgatdi:
"Bizning Osmondagi Otamiz
Sening noming Ulug`lansin,
Sening shohliging kelsin
Osmonda bo`lgani kabi yerda
ham sening irodang bajo bo`lsin.
Bizning kundalik rizqimizni ham berib turgin.
Bizga gunoh qilganlarni biz kechirgandek sen ham bizning gunohlarimizni kechir.
Bizni vasvasaga duchor qilmagin, ammo yovuz shaytondan xalos qilgin
Saltanat, kuch-qudrat va shon-shuhrat toabad senikidir. Omin.
(Matto 6:9-13) |
Iso ibodatni so`zma-so`z qaytarishimizni ko`zda tutmagan, balki buni U bizga namunaviy ibodat qilib berdi.
Bu ibodat qator elementlardan iborat. Ibodat Xudovandni hurmatlaydi, Uning nomiga chuqur hurmatni (reverence) ko`rsatadi. Ibodat bizning xohish-irodamiz emas, balki Taoloning hayotimiz uchun irodasi amalga oshishini ifodalaydi. Ibodat bizning risq-ro`zimiz uchun ham Taolodan so`rov qiladi. Ibodat bizning kechirimga muhtojligimizni ko`rsatadi va kechirimga loyiq bo`lish uchun biz boshqalarni kechiraolishimiz kerak. Bu ibodat dunyoda yovuzlik kuchi borligini tan oladi va undan xalos etishni so`raydi. Ibodat Taologa topinish va sharaflash bilan yakunlanadi.
|